LJTIMOIY LOYIHALAR
Biz O‘zbekiston fuqarolarining hayot sifatini yaxshilashga intilamiz
Nafaqat biznes uchun biznes qilish, balki O‘zbekiston aholisining hayot sifatini oshirishga doimo intilish biz uchun muhimdir. Ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tabiiy resurslarni mas’uliyat bilan asrash va barcha uchun keng imkoniyatlar yaratish – kompaniyalar guruhimiz va butun mamlakatimiz barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlardir.
Lokomotiv Amusement Park
“Lokomotiv” bog‘ida bozorimizda mutlaqo yangi bo‘lgan attraksionlar o‘rnatilgan. Masalan, balandligi 42 metr bo'lgan eng baland yopiq kabinali charxpalak, havo velosipedi, 4G tezlashuvli katapulta, butun bog‘ bo‘ylab diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun poyezd va boshqalar.

Bog‘ besh zonaga bo'lingan:
  • Bolalar zonasi: 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 13 ta attraksion.
  • Butun oila uchun hudud: 12 ta attraksion.
  • Ekstremal zona: qoyaga chiqish professional devori, tarzankali arqon shaharchasi, batud.
  • Favvoralar maydoni: multimedia favvorasi atrofida lazerli shou va suv ekranidagi 3D proyektorli kafe joylashgan maydon.
  • Sharq bog'i: hovuzlar, kanallar, sharshara, terassalar, havzalar tizimiga ega noyob daraxtlar bog'i.

Manzil: Toshkent sh. Temur Malik ko'ch. 66 A
Ecopark
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi markaziy shahar ekoparki 2017-yilda ochilgan. Ushbu ijtimoiy loyiha turli xil hordiq chiqarish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi.

  • Sport: parkda yugurish yo'laklari, mashq uskunalari bilan jihozlangan ochiq maydon, yoga terassasi, futbol va voleybol maydonlari, tennis kortlari, stol tennisi mavjud.
  • Fotosessiyalar va bayramlar: bog‘ o‘z oroli bo‘lgan ko‘l atrofida qurilgan bo‘lib, u yerga to‘ylar va fotosessiyalar uchun romantik gondola olib boradi.
  • Bolalar bilan va bolalarsiz sayr qilish: yoqimli hudud, kafelar, bolalar o'yin maydonchalari, velosiped va skuter ijarasi.

Manzil: Toshkent sh. Abdulla Qodiriy / Maxtumquli
Ecopark
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi markaziy shahar ekoparki 2017-yilda ochilgan. Ushbu ijtimoiy loyiha turli xil hordiq chiqarish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi.

  • Sport: parkda yugurish yo'laklari, mashq uskunalari bilan jihozlangan ochiq maydon, yoga terassasi, futbol va voleybol maydonlari, tennis kortlari, stol tennisi mavjud.
  • Fotosessiyalar va bayramlar: bog‘ o‘z oroli bo‘lgan ko‘l atrofida qurilgan bo‘lib, u yerga to‘ylar va fotosessiyalar uchun romantik gondola olib boradi
  • Bolalar bilan va bolalarsiz sayr qilish: yoqimli hudud, kafelar, bolalar o'yin maydonchalari, velosiped va skuter ijarasi.

Manzil: Toshkent sh. Abdulla Qodiriy / Maxtumquli